«YUKSALISH MEZONI» nodavlat ta'lim muassasasi tadbirkorlarni, shu jumladan, tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar, biznes-tuzilmalar menejerlari va mutaxassislari (buxgalterlar, xuquqshunoslar, xodimlar bilan ishlash bo‘yicha menejer va b.)larining kasbiy malakasini oshirish va qayta tayyorlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qadoqlash va chetga olib chiqish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari, seminar va treninglarni o‘tkazish singari ta'lim xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Ushbu o‘quv markazining asosiy vazifasi tadbirkorlik faoliyatining barcha sohalarida va fermer xo‘jaliklari uchun xodimlar va mutaxasisslar tayyorlash, shu jumladan ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, biznes va fermerlik harakati rivojlanishiga xizmat qiluvchi yangi ilg‘or texnologiya va bilimlarni targ‘ibot qilishdan iboratdir.
28 10 2020 / 16:07