Yaqinda
Tadbirkorlar va
ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda
O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi
ta’sischiligidagi “Taraqqiyot” siyosiy ta’lim markazi
tomonidan O‘zLiDeP hududiy partiya kengashlarida Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasiga
bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi.
Ma’lumki,
mamlakatimizni 2017 — 2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi doirasida
o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh
etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Milliy
iqtisodiyotni isloh qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini
kafolatlash, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va
ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot
vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish
bo‘yicha amalga oshirilgan tizimli ishlar shular jumlasidandandir.
Fuqarolarning
ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli
daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari
bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
So‘nggi besh
yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning
zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi
Zamon juda
tez, mislsiz shiddat bilan o‘zgarayotgan, jahonda global inqiroz, notinchlik, oziq-ovqat
tanqisligi va boshqa buhronlar davom etayotgan
hozirgi murakkab davrda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bardavom bo‘lishini
ta’minlash, islohotlar poydevorini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega masala.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda xalqimiz eng rivojlangan
mamlakatlarga xos hayot darajasiga erishish, yangi jamiyat qurishdek ulug‘vor maqsadlar
bilan yashamoqda. Ushbu maqsadga etish borasidagi serqirra faoliyatning tizimli
va samarali tashkil etilishi, ishlarimizning samaradorligiga erishish islohotlarimizning
mazmun mohiyati va usturvor yo‘nalishlarini belgilaydi.
Shu tarzda,
yurtimiz taraqqiyoti asosiy ustuvorliklardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi farmoni “2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi” qabul qilindi. Ushbu Strategiya 7 yo‘nalish
va 100 ta maqsadlarni o‘z ichiga qamrab olgan.
Ta’kidlash
joizki, milliy rivojlanish yo‘lida orttirgan tajribamizdan kelib chiqib, Yangi O‘zbekiston
taraqqiyot strategiyasida barcha soha va tarmoqlar, mintaqa va hududlar, xususan,
har bir mahalla bo‘yicha o‘z oldimizga yanada yuksak vazifalar qo‘yilgan.
Yangi O‘zbekiston
Taraqqiyot Strategiyasi yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Inson qadrini
yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar
davlat barpo etish;
mamlakatimizda
adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga
aylantirish;
milliy iqtisodiyotni
jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
adolatli ijtimoiy
siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
ma’naviy taraqqiyotni
ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
milliy manfaatlardan
kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
mamlakatimiz
xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi
siyosat olib borish.
2022 yilda
strategiyani amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi tadbirlarga 55 trln
so‘m va 11,7 mlrd dollar ajratiladi. Keng manoda ushbu Strategiyada O‘zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning kelgusi 5 yillikka mo‘ljallangan ulkan rejalarni
va uni hayotga tadbiq etishning real mexanizmlari belgilab berilgan. Strategiya
barcha bo‘g‘indagi partiya tashkilotlari
uchun amaliy harakatlar dasturiga aylandi.
O‘quv mashg‘ulotlari
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDep fraksiyasi deputatlari, siyosatshunos
olimlar va boshqa ekspertlar ishtirokida Zoom dasturi orqali o‘tkazildi.
“Yangi O‘zbekiston”
tushunchasi nimani anglatadi?”, “Taraqqiyotning yangi bosqichi qanday xususiyatlarga
ega?”, “Jamiyatning yangi qiyofasi” deganda nimalar nazarda tutilmoqda?”, “Mamlakatimizda
adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga
aylantirish tamoyillari qanday?”, “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga nimalar to‘g‘anoq
bo‘lmoqda?” kabi savollar va partiyaning dasturiy maqsadlarini ruyobga chiqarish - ushbu o‘quv mashg‘ulotlari doirasidagi muloqotlar
chog‘ida ko‘tarilgan asosiy masalalar sirasiga kiradi.
Sultonmurod Mixriddinov,
“Taraqqiyot Siyosiy ta’lim markazi” koordinatori
15 06 2022 / 16:46