Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘quvi – dolzarb vazifa



Ulashing :



Siyosiy partiyalarning aholi qatlamlari orasida o‘z ishini muvaffaqiyatli tashkil qilishida boshlang‘ich partiya tashkilotlari alohida o‘rin tutadi. Aynan mana shu tuzilma O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar, shu jumladan O‘zLiDeP uchun aholi bilan bevosita ish olib borishda bosh o‘rinni tutishi bilan xarakterlanadi.

O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari sifat tahlilida har bir siyosiy partiya qatori - avvalambor o‘z ijtimoiy bazasi deb bilgan aholi qatlamlari orasida o‘z boshlang‘ich bo‘g‘inlarini ochishga harakat qilayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

BPTlar sonining o‘sishi ular tomonidan qamrab olingan a’zolar sonining o‘sish jarayoni bilan birga borganligini ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda O‘zLiDeP a’zolari soni 1,112 mln nafarga etgan va partiya a’zolari qamrovi bo‘yicha respublikadagi eng yirik partiyaga aylangan.

Joriy yil 15 aprel holatiga 13 506 ta BPTda hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazilib, ularda 603 657 nafar partiya faollari ishtirok etdi. 1 336 ta BPT faoliyati tanqidiy baholandi va yangi raislar saylandi. 12 170 ta quyi bo‘g‘inda o‘z faoliyati bilan yil davomida o‘rnak-namuna ko‘rsatgan raislar qayta saylandi.

Ochiq muloqot tusini olgan hisobot-saylov yig‘ilishlarining 636 tasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi aъzolari bevosita qatnashishdi. Shuningdek, 6 732 ta tadbirda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatlari ishtirok etganini ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Bugungi kunda partiya tomonidan boshlang‘ich bo‘g‘inlar faoliyatini puxta tashkil etish - partiyaning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashda hal qiluvchi omillardan biridir.

“Taraqqiyot siyosiy ta’lim markazi” O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi Siyosiy ta’lim va partiyaning deputatlik birlashmalari bilan ishlash bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yilning 31 may – 17 iyun kunlari oralig‘ida partiyaning boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari hamda mazkur yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan tizim xodimlari uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi.

O‘quvlar boshlang‘ich partiya tashkilotlarining faoliyatida ijodiy yondoshuvni, ijtimoiy-siyosiy va tashkilotchilik ishlarining zamonaviy usullari haqida va ularni amaliyotda faol qo‘llay olish uslublari haqida ma’ruza va amaliy trening shaklida masofadan o‘tkazildi.

Jumladan, “O‘zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari hamda ularni amalga oshirishning huquqiy asoslari”, “Boshlangich partiya tashkilotlarining siyosiy partiya tuzilmasida va partiya dasturiy maqsadlarini amalga oshirish hamda jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashda tutgan o‘rni”, “Partiyalar faoliyatining huquqiy – me’yoriy tartibga solinishi”, “O‘zLiDeP BPT “Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi roli va mavqeini kuchaytirish” borasidagi vazifalari”, “O‘zLiDeP BPTda “Yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, jamiyatdagi roli va mavqeini kuchaytirish” hamda ular bilan samarali ishlash mexanizmlari va boshqa dolzarb mavzularda ma’ruzalar va muhokamalar tashkil etildi.

Partiya boshlang‘ich tashkilotlari o‘quvidan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri bu - partiya qurilishi, partiyalardagi vaziyatni taxlil qilish, partiyalar faoliyatining mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga taъsir qilish jarayonlarini tahlil qilish barobarida ichki partiyaviy tashkiliy faoliyatga nazar tashlashdir. Tinglovchilar partiya faoliyati samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlarini aniqlay bilish, tashkiliy partiyaviy va targ‘ibot tashviqot faoliyat usul va metodlarini bilish, siyosiy dastur va nizom va boshqa xujjatlarni mustaqil tahlil eta olish , partiya tadbirlarida ishtirok etish va uni tayyorlay olish, partiya ish yurituvchisi kabi ko‘nikmalariga ega bo‘lish malakasini hosil qildilar.

Jahon tajribasidan ma’lumki, partiya ishini tashkil etish bir qator yo‘nalishlarni qamrab, ularning samarali amalga oshishi partiyaviy faoliyatning strategiyasini belgilab beradi.

Partiya tashkiloti yangi partiya a’zolari bilan to‘ldirilmagan va proffessional tayyorlanmagan faollarga ega bo‘lmasa, zaiflashadi.

Shu tufayli tarkibida quyi partiya tashkilotlariga ega bo‘lgan holda aniq ko‘zlangan maqsad sari harakat dasturi asosida faoliyat yuritish, saylov kampaniyalarida faol ishtirok etish, hokimiyat organlari vakillariga qonun doirasida o‘z ta’sirini o‘tkazish, ommaviy axborot vositalarida partiya faoliyati keng yoritish, xalq ommalari bilan keng muloqotda bo‘lish va ularning muammolari echimini topishga ko‘maklashish partiya obro‘-e’tiborini yanada kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega. Xususan, siyosiy partiyalarning hukumat faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi, boshqaruv organlarini takomillashtirishda o‘z g‘oyalarini joriy qilish imkonini beruvchi vositalardan biri bu - qonun tashabbuskorligi institutidir.

Hududlardagi siyosiy partiyalarning bo‘limlari bir tomondan respublika partiya tashkilotlari amalga oshirayotgan ishlarning hududlardagi davomchilari bo‘lsa, ikkinchi tomondan xalq deputatlari mahalliy kengashlari faoliyatida ishtirok etish orqali mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan bir qatorda xorijiy mutaxassislar so‘nggi yillarda Rossiya va MDH ning qator davlatlaridagi partiya qurilishida quyidagi omillar, jumladan:

-ommaviy partiyalardan professional kadrli, xususan, joylarda yuksak darajada partiya faollarini tayyorlay oladigan infrastrukturaga ega partiyalarga o‘tish tendensiyasi sezilayotganligi;

-siyosiy partiyalar o‘z maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun internet texnologiyalardan foydalanishga majburligini qayd etishmoqda.

Bu omillar, albatta, O‘zLiDeP boshlangich partiya tashkilotlari amaliy faoliyatida ham hisobga olinishi joizdir.

Siyosiy partiyalar odamlar qalbida fuqarolik tuyg‘usini kuchaytirishga, jamiyat va davlat taqdiriga taqdirdosh ekanligini chuqur anglaydigan, o‘zining, oilasining, farzandlarining istiqbolini shonli, shukuhli Vatani, qudratli davlati taqdiri bilan bog‘liq holda tushunadigan aholi qatlamini kengaytirishga xizmat qilmog‘i lozim. Siyosiy saviya, siyosiy ong har bir fuqaro qalbini junbushga keltirishi, uning iymonini uyg‘otishi, insonlik sha’ni bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘zini o‘zi qadriyatga aylantira oladigan mafkuraviy immunitetini, ichki his-tuyg‘usini, insoniy instinktini jonlantirmog‘i lozim.

Bugun siyosiy partiyalarga o‘zlarining parlamentdagi vakillari - fraksiyalar a’zolari orqali mamlakat Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Bosh vazir nomzodi yuzasidan o‘z fikrini bildirish yo‘li bilan Bosh vazirni tayinlash jarayonida ishtirok etish huquqi berilgan. Amaldagi qonunda siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlarining Hukumat aъzolarining ular faoliyatiga oid masalalar yuzasidan axborotlarini Qonunchilik palatasi majlislarida eshitish tashabbusi bilan chiqish huquqi alohida aytib o‘tilgan. Ana shu vakolatlarning amalga oshirilishi siyosiy partiyalarga hukumatning har bir aъzosi ishiga tegishli baho berishdan tashqari, umuman, hukumat ishi samaradorligi haqida xulosa chiqarish imkonini ham beradi.

Siyosiy partiyalar nodavlat tashkiloti sifatida fuqarolarning siyosiy ehtiyojini qondiradigan, siyosiy manfaatlarini himoya qiladigan va ayni paytda jamiyatda siyosiy qarashlar tizimining mustahkamlanishiga xizmat qiladigan uyushmadir. Shuningdek, ular jamiyatda siyosiy tafakkurning shakllanishiga, fuqarolar siyosiy faolligining oshirilishiga, ularning davlat va hokimiyat organlari tizimining shakllanishiga munosib hissa qo‘shishadi. Natijada siyosiy elitaning – jamiyatning siyosiy faol qatlamining kengayishiga olib keladi.

Endilikda partiyalararo raqobat g‘oyalar xilma-xilligiga, mafkuralar qarama-qarshiligiga, umumiy maqsadlar va manfaatlar atrofida turlicha xulosalarga ega bo‘lishga imkon yaratadi. Buni birgina saylovlar tizimida yaqqol ko‘rish mumkin. Ayni ana shu siyosiy kampaniya jarayonida davlat hokimiyati va vakillik organlariga munosib nomzodni tanlab, saylash singari demokratik qadriyat yuzaga keladi. Ana shu tarzda parlament hokimiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining taklif va istaklarini inobatga olish kabi sof insonparvar turmush tarzi qaror topadi.

Demak, davlat - ko‘p partiyaviylik asosida shakllanadigan mafkuralar xilma-xilligi va g‘oyalar qarama-qarshiligidan manfaatdor.

O‘quv jarayonlariga taniqli siyosatshunoslar, olimlar va tajribali amaliyotchilar, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi aъzolari jalb etildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Qo‘mita raislari Sh.G.Bafoev, M.I.Xodjaeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP fraksiyasi aъzolari A.X.Shodmonov, Z.R.Xudoyberdiev, T.P.Karimov, Sh.B.Xolmaxmatova, M.X.Baratova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.M.G‘iyosov,O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining mafkuraviy va targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari,”Yuksalish” umummilliy harakati Toshkent shahar bo‘linmasi rahbari D.Sh.Shoumarov, O‘zbekiston faylasuflari jamiyati raisi, TIQXMMI professori Q.N.Nazarov, Barqaror rivojlanish markazi mas’ul xodimi, ekspert M.L.Elshov, O‘zDJTU siyosiy fanlar nomzodlari, dotsentlar D.S.Muitov, S.Sh.Saidov, XXI asr ijtimoiy-siyosiy gazetasi redaktori N.Q.Jalilovlar shular jumlasidandir.

Sultonmurod Mixriddinov,

“Taraqqiyot Siyosiy ta’lim markazi” koordinatori


Boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘quvi – dolzarb vazifa 
Boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘quvi – dolzarb vazifa 
Boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘quvi – dolzarb vazifa 
Boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘quvi – dolzarb vazifa 
Boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘quvi – dolzarb vazifa 
Boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘quvi – dolzarb vazifa 
Boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘quvi – dolzarb vazifa 



20 06 2022 / 15:57