O‘zbekiston Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun 2024” indeksida
beshta eng ilg‘or o‘zgarishlarni amalga oshirgan davlatlar qatoriga kirdi
O‘zbekiston Iordaniya, Malayziya, Serra-Leone va Togo bilan birgalikda eng
katta muvaffaqiyatga erishgan besh davlat qatoridan joy oldi. 2022 yil oktyabr
oyidan buyon mamlakatda xotin-qizlarning mavqeini oshirishga qaratilgan to‘rtta
muhim huquqiy islohotlar amalga oshirildi.